Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropada har 17 soniyada bir kishi koronavirusdan vafot etyapti

Yevropada har 17 soniyada bir kishi koronavirusdan vafot etyapti

Foto: «Sochi-express.ru»

Yevropada har 17 soniyada bir kishi koronavirusdan vafot etyapti. Har kuni mazkur hududda o‘rtacha 4,5 ming kishi hayotdan ko‘z yummoqda, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge onlayn-brifingda.

«Yevropa hududida har 17 soniyada bir inson COVID-19 tufayli olamdan o‘tyapti. Biz har safar noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishini to‘xtatish, koronavirusni inkor etishga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalarni bajarishga qaror qilsak, COVID-19dan odamlar halok bo‘lishining oldini olishga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz»,dedi u.

«Hozirgi vaqtda Yevropada COVID-19 tufayli har kuni o‘rtacha 4,5 ming kishi vafot etyapti. Hamma astoydil harakat qilsa, umumiy karantin joriy etilishining oldini olish mumkin», — deya ta’kidladi Klyuge.

Uning so‘zlariga ko‘ra, niqob taqish panatseya emas, biroq u infeksiya tarqalishiga qarshi kurashda nihoyatda muhimdir. Boshqa ehtiyot choralari bilan bir qatorda undan ham foydalanish zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring