Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hamshiraning koronavirus yuqtirgani rad etildi

Hamshiraning koronavirus yuqtirgani rad etildi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati viloyat hududida hamshira koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq aynan hokimlikning koronavirus tarqalishiga qarshi ishlar to‘g‘risidagi 23-martdagi dastlabki rasmiy ma’lumotida hozirgacha viloyatda to‘qqiz kishida koronavirus aniqlangani, bemorlarning to‘qqizinchisi hamshira ekanligi ma’lum qilingan edi.

Keyinchalik bu xabar rad etildi: «Toshkent viloyatida hamshira koronavirusni yuqtirib olgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi, bu mazmundagi xabarlar yolg‘on. Hurmatli bloger va jurnalistlar, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz hamda ayni mazmundagi xabarlarni tarqatmasligingizni iltimos qilamiz.

To‘qqizinchi bemor hamshira ekani haqidagi axborot manbasi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bo‘lib, ular texnik xatoga yo‘l qo‘ygan. Ayni vaqtda to‘qqizinchi bemorga oid yangi tafsilotlar ma’lum qilinmagan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring