Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy xizmatga saralab olinganlar koronavirusga tahlil topshirdi

Harbiy xizmatga saralab olinganlar koronavirusga tahlil topshirdi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda karantin vaqtida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi va karantin choralari haqida ma’lumot berildi.

— Harbiy xizmatga saralab olingan fuqarolar 6-7-iyun kunlari koronavirusga tahlil topshirishdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, fuqarolar 9-iyun kuni muddatli harbiy xizmatga yuborildi.

Xizmatga yuborilish tartibi respublikamizning 3 ta hududi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida poyezdlar yo‘nalishi orqali amalga oshirildi.

Fuqarolar xizmat joylariga borganlaridan keyin ham 14 kunlik karantinga olinib, yuqori malakali shifokorlar nazoratida bo‘lishadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati uchun ham joriy yilng 20 iyuniga qadar fuqarolarimiz tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib jo‘natish boshlanadi. Bunda safarbarlik chaqiruvi rezerviga mart oyida chaqirish kerakligi inobatga olinib, avvalo shu muddatgacha 27 yoshni to‘ldirganlar jo‘natiladi, — deydi Bahrom Zulfiqorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring