Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshdi — OAV

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshdi — OAV

Foto: «LIGA.net»

Hindistonda kovid kasalligi aniqlangan insonlar soni bir milliondan oshdi. Bu haqda mahalliy «Hindu» nashri o‘z hisob-kitoblariga asoslanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Hindistonda bugun, 16-iyul kuni  koronavirus qayd etilishi bo‘yicha jami holatlar soni 1 001 449 taga yetgan, virus qurbonlari soni esa — 125 582 kishi.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi bergan oxirgi ma’lumotda mamlakatda koronavirus bemorlari soni 968 ming nafardan oshgani ko‘rsatilgan. Hukumat qo‘shimcha qilishicha, bemorlarning aksariyat qismi — 612 ming kishi tuzalib ketgan.

Hozirda Hindiston dunyodagi uchinchi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi. Eng ko‘p kasallik AQSh va Braziliyada qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring