Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijobiy rekord yangilandi

Ijobiy rekord yangilandi

Foto:Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord qo‘lga kiritildi.

Unga ko‘ra, poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 29 nafar, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 38 nafar, Nuroniylar sihatgohida 41 nafar, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 4 nafar, Andijon viloyatida 111 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar va avval xabar berganimizdek, Navoiy viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida esa 4 nafar, jami 297 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 297 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 8 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 249 nafar bemor tuzalgan edi.

Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 8327 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring