Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki mamlakat deyarli barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda

Ikki mamlakat deyarli barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda

Foto: Javier Etxezarreta/YeRA

Norvegiya va Portugaliya koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan deyarli barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda. Yevropaning bu ikki mamlakati aholisini kovidga qarshi vaksinatsiyalash bo‘yicha yetakchilar hisoblanadi, deyiladi «NRK» hamda «Reuters» xabarlarida.

Norvegiyada karantin cheklovlari bugun, 25-sentyabr kuni soat 16:00 dan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi. Norvegiya bosh vaziri Erna Solberg «virus bilan yashash» hali uzoq yillar davom etishini ta’kidlarkan, favqulodda choralar o‘rnini faqat vaksinalar bosishini eslatib o‘tdi. «Fordlar mamlakati» katta yoshli aholisining 90 foizi vaksinalar bilan hech bo‘lmaganda bir marta emlangan.

Portugaliya karantin cheklovlarini 1-oktyabrdan olib tashlashgan qaror qilgan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Antonio Kosta bayonot berdi. Faqat jamoat transporti, yirik tadbirlar, qariyalar uylari, shifoxonalar, savdo markazlari va gipermarketlarda niqob taqish majburiyati saqlanib qoladi. Bugunga kelib Portugaliya aholisining 83,4 foizi koronavirusga qarshi emlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring