Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ispanka» va COVID-19ning o‘xshash jihatlari aytildi

«Ispanka» va COVID-19ning o‘xshash jihatlari aytildi

COVID-19 virusi o‘tgan asrning 18-20 yillarida dunyoda tarqalgan ispan grippi bilan ba’zi o‘xshashliklarga ega. Xususan, bu kasallik tarqalish xususiyatiga tegishli, – dedi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi, professor Vladimir Chulanov.

«Bu shuningdek nafas olish yo‘llari infeksiyasi bo‘lib, u havodagi tomchilar bilan yuqadi. Shuning uchun, albatta, tarqalishda umumiy xususiyatlar mavjud», – deya tushuntirdi u.

Professorning qo‘shimcha qilishicha, koronavirusning epidemik salohiyati oddiy grippga qaraganda yuqori. Ekspertning fikriga ko‘ra, cheklov choralari ko‘rilmasa tarqalish ko‘rsatkichi ancha yuqori bo‘lar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring