Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatning yangi turi paydo bo‘ldi: «korona-firibgarlik»

Jinoyatning yangi turi paydo bo‘ldi: «korona-firibgarlik»

Foto: «Twitter.com»

«Nikkey» gazetasi xabar berishicha, Yaponiya politsiyasi yangi turdagi jinoyat — «korona-firibgarlik» ko‘lamini taxminan 40,28 million iyen (chamasi 400 ming dollar) hajmda baholadi.

Yaponiyaning 47 ta prefekturasidan 17 tasida huquqni muhofaza qilish organlari u yoki bu darajada koronavirus bilan bog‘liq jinoyatning yangi turi paydo bo‘lganini ta’kidlashmoqa. Mart oyining boshidan may oyining oxirigacha 45 ta ana shunday jinoyat sodir etilgan.

Ko‘pincha firibgarlar «korona», «niqob» va hokazo so‘zlaridan foydalanishgan. Hukumat barcha aholiga to‘lashga ko‘rsatma bergan 100 ming iyen (chamasi 930 dollar) miqdoridagi yordam pulini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinishlar ko‘paymoqda. Masalan, firibgarlar pul olish uchun arizani rasmiylashtirishga yordamlashamiz deb keksalarning bank kartalarini olib qo‘yishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring