Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda koronavirus bilan kasallangan dastlabki bemor qayd etildi

Jizzaxda koronavirus bilan kasallangan dastlabki bemor qayd etildi

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatida koronavirusga chalinganlar shu vaqtga qadar qayd etilmagan edi. Bugun hududda koronavirusga chalingan dastlabki bemor aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan 2020-yil 7-aprel tungi soat 02:14da 6-aprel soat 12:00 holatiga holatiga Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni va hududi to‘g‘risida bergan axborotida «Jizzax» deb ko‘rsatilgan 2 nafar bemor boshqa viloyatlarda aniqlanib davolanayotgan asli jizzaxlik bo‘lgan fuqarolardir. Ular hozir boshqa viloyatlarda davolanmoqdalar», deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farhod Ne’matov.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirusga qarshi kurash shtabining bergan oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, 7-aprel soat 15:00 holatida Jizzax shahrida 1 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Viloyatda koronavirusning oldini olish borasidagi profilaktika ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bu borada barcha zaruriy choralar ko‘rilayapti, deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring