Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

Foto: «Jizzax.uz»

So‘nggi kunlarda Jizzaxda koronavirus infeksiyasining ko‘payganligi tufayli hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida yo‘llanma asosida shahar hokimi Akbar Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik xodimlari COVID-19 testidan o‘tkazilgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Ammo «Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi» Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli «Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi» Jizzax shahar bo‘limi va shahar hokimligi binosi karantinga olingan.

Ayni paytda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring