Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JSST o‘limning yuqori 5% darajasi tufayli tashvishga tushgan

JSST o‘limning yuqori 5% darajasi tufayli tashvishga tushgan

Foto: newsweek.com

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus kasalligidan o‘lim darajasi taxminan 5% ni tashkil etmoqda. Yuqtirganlarning aksariyati Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda istiqomat qiladi.

Italiyada o‘lim darajasi pasaygan, ammo bu rasmiylarning izolyasiya choralarini bekor qilishini anglatmaydi.

Buni Bosh vazir Juzeppe Konte e’lon qildi: «Biz mutaxassislarning fikriga tayanib yengilliklarni asta-sekin joriy qilamiz. Bu qachon yuz beradi, aniq aytolmayman, ammo har holda, karantin butun mamlakat bo‘ylab 13 aprelgacha amal qiladi».

Ispaniyada koronavirusdan qariyb 10 ming kishi vafot etdi, bu Pekinning rasmiy o‘lim ko‘rsatkichidan uch baravar ko‘p.

Mamlakatning katta shaharlari ko‘chalarida dala shifoxonalari joylashtirilgan va ko‘plab nodavlat tashkilotlar, xususan, «Chegara bilmas shifokorlar» hamkasblariga yordam berishmoqda.

Fransiya tarixidagi misli ko‘rilmagan, asosan Parij va Elzas shaharlaridan Bretan va Akvitaniya kabi infeksiyadan oz zarar ko‘rgan hududlar yo‘nalishi bo‘yicha evakuatsiya bo‘lmoqda.

Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, faqat shifoxonalarda bir kunda 500 dan ortiq odam infeksiya oqibatida vafot etgan.

Parlamentdagi tinglovda Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp: «Biz izolyasiya choralarini bosqichma-bosqich yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz, bu borada mutaxassislar va shifokorlar ishlamoqda. Mamlakatning turli qismlarida infeksiya darajasi, shuningdek, tashxis choralari darajasi hisobga olinadi va yosh omili hisobga olinadi», deb aytib o‘tdi.

Britaniyada, boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi armiya ham koronavirusga qarshi kurashda ko‘mak bermoqda.

Qirollik Qurolli kuchlari, xususan, havo kuchlari bo‘linmalari og‘ir bemorlarni bo‘sh reanimatsiya joylari bor shaharlarga yetkazish uchun safarbar etilgan.

Umuman olganda, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlar soni o‘ttiz ming kishiga yaqinlashmoqda, vafot etganlar soni ikki ming uch yuzdan oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring