Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanada COVID-19 vaksinasi sinovlariga ruxsat berdi

Kanada COVID-19 vaksinasi sinovlariga ruxsat berdi

Foto: RIA Novosti

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning aytishicha, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat bergan.

«Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda COVID-19ga qarshi vaksinaning birinchi klinik sinovlarini tasdiqladi... Agar bu vaksina sinovlari muvaffaqiyatli bo‘lsa, biz uni ishlab chiqaramiz va o‘z mamlakatimizda tarqatamiz», dedi Tryudo matbuot anjumanida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kanadada koronavirus yuqtirish holatlari soni 74993 ni tashkil etadi, 5595 kishi undan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring