Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantin davrida talabalarga stipendiya to‘lanadimi?

Karantin davrida talabalarga stipendiya to‘lanadimi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov karantin davrida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalariga to‘lanadigan stipendiya haqida ma’lumot berdi.

— Talabalar uchun to‘lab beriladigan stipendiyalar avvalgi holatida davom etaveradi. Faqat to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Ya’ni kimdir hozirgacha stipendiyasini naqd pul ko‘rinishida olib kelgan bo‘lsa, ta’tilda ekanini inobatga olib, ularning roziligi asosida plastik kartasiga to‘laqonli tushirib beriladi.

Stipendiya to‘lashda hammaga bir xil qaraladi: bakalavrlar, magistratura, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida o‘qiyotganlarning barchasi belgilangan tartibda stipendiyalarini olishda davom etadilar. Ya’ni stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt asosida o‘qiyotganiga qaraladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring