Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus, ba’zilar o‘ylaganidek, podsholarni aylanib o‘tmayapti

Koronavirus, ba’zilar o‘ylaganidek, podsholarni aylanib o‘tmayapti

Foto: «Karavan.ua»

Shvetsiya shahzodasi Karl Filipp va uning rafiqasi malika Sofiya koronavirusni yuqtirib olishdi, deya xabar berdi «Aftonbladet» qirol saroyi bayonotiga tayanib. Ikkalasining ham topshirgan test natijalari musbat chiqdi.

Monarxlar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. Ular o‘z uyida izolyasiyada bo‘lishadi.

Shvetsiya qirol saroyining bayonotida qayd etilishicha, yaqin kunlarda Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va boshqa oila a’zolari ham koronavirusga tekshiriladi.

Karl Filipp oilada ikkinchi farzand, lekin Shvetsiya qirolining yolg‘iz o‘g‘li hisoblanadi. Uning opasi va singlisi bor — valiahd malika Viktoriya va malika Madlen.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiyada koronavirus tufayli qat’iy cheklovlar joriy etilgandi. Qirollik aholisiga jamoat joylarida sakkiz kishidan ortiq to‘planish qonun bilan taqiqlab qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring