Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Trampni tavbasiga tayantirdi (foto)

Koronavirus Trampni tavbasiga tayantirdi (foto)

Foto: «AP»

An’anaga ko‘ra Xabar.uz o‘quvchilari e’tiboriga o‘tgan hafta davomida ro‘y bergan eng muhim 7 hodisa havola etiladi. 

Foto: «AFP»
  • Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo tarafdorlari hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda. Mamlakat hamon siyosiy inqiroz holatida. Ommaviy namoyishlarga qaramay, prezident Nikolas Maduro davlat rahbari kursisini osonlikcha topshirmoqchi emas. 
Foto: «AP»
  • AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus sabab butun mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Avvalroq Oq uy sohibi epidemiya u qadar jiddiy xavf tug‘dirmasligi haqida bayonot bergan edi. Ammo Qo‘shma Shtatlarda ko‘rinmas illatga chalingan va undan vafot etganlar soni ko‘paygach, tavbasiga tayangan prezident qat’iy choralarga kirishdi. 
Foto: «Getty Images»
  • Qochqin ota farzandini himoya qilishga urinmoqda. Gretsiya chegarachilari sarhaddan o‘tishga urinayotgan qochqinlarga nisbatan ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi. Edirne, Turkiya. 
 Foto: «AFP»
  • Eronliklar liftda xavfsizlik yuzasidan tish tozalagichlardan foydalanmoqda. Mamlakat bo‘ylab yoyilgan koronavirus ofati odamlarni o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga majbur etmoqda.
Caption
  • Turkiya harbiylar murakkab ob-havo sharoitda mashqlar o‘tkazdi. Davraz tog‘i, Turkiya. Foto: «Anadolu Ajansı»
Foto: «Getty Images»
  • Och qolgan kiyiklar Nara shahri ko‘chalarida ozuqa qidirib yuribdi. Kunchiqar o‘lkaning sayyohlar ko‘p keladigan shahri koronavirus sabab huvillab yotibdi. Nara, Yaponiya. 
Foto: «Getty Images»
  • Fransiyalik regbichi o‘zini boks ustasi chog‘ladi shekilli, shotland hamkasbi yuziga musht tushirdi. Hakam esa mushtumzo‘rni o‘sha zahoti o‘yindan chetlatdi. Edinburg, Shotlandiya. 

S.Salim tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring