Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni 3100 nafardan oshdi

Koronavirus yuqtirganlar soni 3100 nafardan oshdi

2020-yil 23-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3115 (+26) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasidan va 1 nafar Qozog‘istondan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Jumladan, karantinda bo‘lganlarning 22 nafari chet eldan kelgan, 3 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirgan.

Ayni paytda yurtimizda 2532 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 544 nafar bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring