Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan tuzalganlar soni 2,5 mingdan oshdi

Koronavirusdan tuzalganlar soni 2,5 mingdan oshdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 10 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan. Bemorlardan 10 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 12 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan, 1 nafardan Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan hamda 1 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 873 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 906 nafarga yetdi.

Shunday qilib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2525 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring