Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalinganlar soni ikkita hudud hisobiga ko‘paydi

Koronavirusga chalinganlar soni ikkita hudud hisobiga ko‘paydi

2020-yil 1-oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 190 (+193) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 178 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 212, Toshkent viloyatida 95, Namangan viloyatida 44, Andijon viloyatida 9, Jizzax viloyatida 8, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5, Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa, yurtimizda 53 835 (+378) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro tuzaldi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 883 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring