Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paydi

Koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paydi

2020 yil 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4181 (+87) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3268 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 896 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, kecha kun davomida O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 87 nafarga yetgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring