Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalinganlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Koronavirusga chalinganlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Foto: Xabar.uz

Keyingi kunlarda aniqlanayotgan bemorlarning barchasi kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va epidemik noxush hududlardan olib kelinib, statsionar sharoitda alohidalangan fuqarolar bo‘lgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

«Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu yerda davolanayotgan 80 nafar bemorning 22 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti ma’lumotiga ko‘ra esa, bu yerda davolanayotgan 67 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rta og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti.

Hurmatli yurtdoshlar!

Mamlakatimizda bugundan o‘z-o‘zini himoya qilish tizimi kuchga kiradi. Endi aniq bilamiz: kasallik faqat muloqot yo‘li bilan, havo tomchi yo‘li bilan yuqishi mumkin. Shunday ekan, har birimiz muloqotdan o‘zimizni saqlashimiz, ortiqcha ko‘chaga chiqmasligimiz, yasama zaruriyatni o‘ylab topmasligimiz kerak.

Dunyo hamjamiyatida vaziyat qanchalik keskinlashib borayotganini, mamlakatimizda ham kasallanganlar soni ortib borayotgani guvohi bo‘lyapsiz. Har biringiz hushyor bo‘ling. Salomatligingiz qadriga yeting. O‘zingizni, oilangizni, yaqinlaringizni, qolaversa yurtdoshlarimizni koronavirusdan himoya qiling!» — dedi Nurmat Otabekov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring