Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga qarshi emlangan Pokiston prezidenti kasallikka chalindi

Koronavirusga qarshi emlangan Pokiston prezidenti kasallikka chalindi

Foto: «Aa.com.tr»

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan Pokiston Prezidenti Arif Alvi COVID-19 bilan kasallanib qolganligini ma’lum qildi.

«Mening test natijalarim musbat chiqdi. Alloh barcha COVID-19 bemorlarini avf etsin. Vaksinaning birinchi dozasi bo‘lgan, ammo antitanacha ikkinchi dozadan so‘ng rivojlana boshlaydi, bu bir hafta o‘tib amalga oshirilishi kerak edi. Iltimos, ehtiyotkorlikni davom ettiring», — deb yozadi prezident «Twitter»da.

Avvalroq vaksinaning birinchi dozasini olgan Pokiston Bosh vaziri Imron Xon ham koronavirusga chalingandi.

Mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinatsiya 3-fevral kuni Xitoydan 500 ming doza Sinopharm vaksinasini olgandan ikki kun o‘tib boshlandi. Ushbu preparat 79,3% samarali bo‘lib, faol bo‘lmagan virusga asoslangan. U 16 mamlakatda tasdiqlangan.

Pokiston dorilarni nazorat qilish boshqarmasi yanvar oyida Sinopharm vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu vaksinadan tashqari Pokistonda AstraZeneca, Rossiyaning «Sputnik V» va Xitoyning CanSino Biologics kompaniyasi vaksinalaridan foydalanish ma’qullangan.

Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 659 mingdan ortiq koronavirus kasalligi qayd etilgan, 598 mingdan ortiq odam sog‘aygan, 14,2 ming kishi vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring