Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga qarshi Xitoy vaksinalari samaradorligi pastmi?

Koronavirusga qarshi Xitoy vaksinalari samaradorligi pastmi?

Foto: «Project-syndicate.org»

Xitoy kasalliklarni nazorat qilish markazi SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turiga qarshi Xitoy vaksinalarining past samaradorligini tan oldi. Bu haqda The New York Post xabar bergan.

«Hozir emlash uchun turli ishlab chiqarishdagi har xil vaksinalardan foydalanish rasman ko‘rib chiqilmoqda», — deydi markaz direktori Gao Fu.

U o‘zining nutqida Xitoy vaksinalari «unchalik samarali emas» degan fikrni tasdiqladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sinovac kompaniyasi preparatining samaradorligi 50,4 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, boshqa vaksinalarda bu ko‘rsatkich 90 foizdan oshadi. Shu bilan birga, Xitoyda koronavirusga qarshi xorijiy vaksinalardan foydalanish hali tasdiqlanmagan.

Xitoy fuqarolari o‘n million doza qabul qilishga ulgurishdi: Pekin yoz o‘rtalarigacha mamlakat bir milliarddan ortiq odamni emlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring