Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning «britancha» shtammi dunyoning narigi chekkasiga ham yetib bordi

Koronavirusning «britancha» shtammi dunyoning narigi chekkasiga ham yetib bordi

Foto: «Evo-rus.com»

Koronavirusning «britancha» shtammi Indoneziyada ilk bor ikki kishida aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Dante Saksono Xarbuvonoga asoslanib mahalliy «Tempo» nashri xabar bermoqda.

«Kecha oqshom menga Indoneziyada COVID-19 holati ilk bor qayd etilganidan so‘ng ropa-rosa bir yil o‘tgach mamlakatda B117 koronavirusining «brintancha» turi aniqlangani haqida xabar kelib tushdi. Bu COVID-19 haqidagi eng yangi ma’lumot. Chunki faqat kecha oqshom ikkita kasallanish holati qayd etilgan», — dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Xarbuvono, shuningdek, Indoneziya yanada jiddiy pandemiyaga duch kelishi mumkinligidan xavotirlanayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, koronavirusga test natijasi musbat chiqqan 462 indoneziyalik «britancha» V117 shtammiga tekshirilgan. Biroq COVID-19ning mutatsiyaga uchragan varianti atigi ikki bemorda topilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yangi variantining aniqlanishi Indoneziya hukumati oldiga koronavirusni davolashning yanada samarali usullari hamda yangi epidemiologik tadqiqotlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq vazifalarni qo‘ymoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziyada koronavirusga chalinganlar soni 1,3 milliondan oshdi, shundan 1,1 milliondan ortig‘i tuzaldi. 36,5 ming bemor esa vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring