Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusning yashirin shaklini boshidan o‘tkazgan odamlarda immunitet borligi tasdiqlandi

Koronavirusning yashirin shaklini boshidan o‘tkazgan odamlarda immunitet borligi tasdiqlandi

Foto: «Medikforum.ru»

Buyuk Britaniyada London universiteti olimlari koronavirus infeksiyasining yengil yoki yashirin shaklini boshidan o‘tkazgan odamlarda uzoq muddatli immunitet borligini isbotlashdi. Bu haqda «Science Immunology» jurnali xabar berdi.

Tadqiqotchilar 136 nafar tibbiyot xodimining qon namunalarini T-limfotsitlar va antitanachalarga tahlil qilishdi. Ko‘ngillilar 2020-yil martdan beri COVID-19 infeksiyasining yengil yoki alomatsiz shaklini boshidan o‘tkazishgan. Ma’lum bo‘lishicha, 89 foiz tibbiyot xodimida infeksiyani yuqtirgandan so‘ng 16-18 hafta o‘tgach neytrallashtiruvchi antitanacha bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligida virusning turli qismlarini nishonga oluvchi T-hujayralar ham qayd etilgan.

Ba’zi odamlarda T-limfotsitlar kuzatilgan, ammo antitanacha bo‘lmagan, boshqalari esa aksincha. Biroq 66 foiz tibbiyot xodimida himoyalovchi antitanachalar yuqori darajada bo‘lgan. T-hujayra reaksiyalari odatda COVID-19ning klassik alomatlari qayd etilgan odamlarda yaqqolroq namoyon bo‘lgan. Alomatsiz infeksiya esa zaif T-hujayrali immunitetga olib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring