Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunlik kasallanish rekord darajaga yetdi — SSV

Kunlik kasallanish rekord darajaga yetdi — SSV

Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1000dan oshib, pandemiya boshidan buyon rekord darajaga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2022 yil 16 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206122 (+1037) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 25 nafari Andijon viloyatida,
  • 30 nafari Buxoro viloyatida,
  • 40 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Navoiy viloyatida,
  • 32 nafari Namangan viloyatida,
  • 55 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 35 nafari Xorazm viloyatida,
  • 172 nafari Toshkent viloyatida,
  • 535 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 199193 (+448) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qildi.

«So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirusga chalinish holatlari soni tobora ortib boryapti. Bu esa ba’zi hollarda aholining sarosimaga berilishiga sabab bo‘lmoqda.

To‘g‘ri, virusning yangi shtammi avvalgi mutatsiyalarga nisbatan yuquvchanligi ancha yuqori, biroq unga chalingan aksariyat bemorlarda kasallik yengil darajada kechib, asosan respirator belgilar bilangina namoyon bo‘layotir. Shu sababli yurtdoshlarimizdan ortiqcha xavotirga berilmasliklarini, karantin qoidalariga qat’iy rioya etib, koronavirusga qarshi to‘liq emlanishlarini so‘raymiz» deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring