Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lokomotiv»ning to‘rt futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Lokomotiv»ning to‘rt futbolchisida koronavirus aniqlandi

Foto: «Mk.ru»

Moskvaning «Lokomotiv» klubi Bakovkada yig‘inga to‘plangan. Klub sayti xabariga ko‘ra, barcha o‘yinchilar, murabbiylar, ma’muriyat xodimlari koronavirus bo‘yicha test topshirgan.

To‘rt nafar futbolchining testi musbat chiqdi: Dmitriy Barinov, Anton Kochenkov, Timur Suleymanov va Roman Tugarev.

Futbolchilarda kasallik alomatsiz kechayotgani va o‘zlarini yaxshi his etishayotgani ma’lum qilingan. Ular uy sharoitida masofani saqlash tartibiga o‘tkazilgan.

Klub futbolchilarga tezda sog‘ayib, yana safga qaytishlarini tilagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring