Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Londonda koronavirus tufayli metro stansiyalari yopildi, avtobuslar qisqartirildi

Londonda koronavirus tufayli metro stansiyalari yopildi, avtobuslar qisqartirildi

Foto: «Lb.ua»

Bugun, ya’ni payshanba kuni Londonda 40 tagacha metro stansiyasi yopildi, shuningdek, avtobus va marshrutlar soni qisqardi. Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat tufayli shahar hokimiyati shunday qarorga kelgan, deb yozadi «Guardian».

Ta’kidlanishicha, Vaterloo temiryo‘l vokzali bilan shaharning biznes markazi — London Sitini bog‘lovchi metro liniyasi birinchilardan bo‘lib yopiladi. Jurnalistlarning xabariga ko‘ra, ayni vaqtda yo‘lovchilar oqimi London metrosida 50 foizga, avtobuslarda 40 foizga qisqargan.

Shu bilan birga, jamoat transportidan butunlay voz kechish muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, bu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilinmagan kasb egalari, masalan, shifoxonalardagi sanitarka yoki farroshlarning ishga borishini qiyinlashtiradi.

Nashrning yozishicha, hozir Britaniya poytaxti hududida 953 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada kasallanganlar soni 2630 kishiga yetgan bo‘lib, ulardan 103 nafari hayotdan ko‘z yumishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring