Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Foto: Reuters

Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida koronavirus kasalligidan vafot etdi.

Sans 17 mart sanasida koronavirus alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. U og‘ir holatda bo‘lgan. Keyinroq unda koronavirus tashxisi tasdiqlandi. Kecha, 21 martdan 22 martga o‘tar kechasi mutasaddi hayotdan ko‘z yumgani xabar qilindi.

Lorenso Sans 1995 yildan to 2000 yilga qadar Madridning «Real» klubini boshqargan. Uning boshqaruvi ostida klub ikki marta Yevropa Chempionlar Kubogida g‘alaba qozongan (1998, 2000). O‘shanda madridliklar Yevropaning eng nufuzli musobaqasida 32 yillik omadsizlikka chek qo‘ygan va yettinchi hamda sakkizinchi Kubokni qo‘lga kiritgan edi.

Lorenso Sans 2006 yildan 2010 yilga qadar Ispaniyaning boshqa klubi — «Malaga»ni boshqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring