Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MJ Developers kompaniyasi o‘z xodimlarini ommaviy vaksinatsiya qildirdi (foto)

MJ Developers kompaniyasi o‘z xodimlarini ommaviy vaksinatsiya qildirdi (foto)

Foto: «MJ Developers»

Bugunga kelib dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 200 mln nafardan oshib ketdi. Kasallanganlardan 4,2 milliondan ziyod kishi vafot etgan.

O‘zbekistonda ham shu kunlarda kasallanish holatlari pasaymayapti va har kuni qariyb mingga yaqin yangi holatlar aniqlanmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4 avgust holatiga ko‘ra, 133 852 nafarga yetgan. Kasallikdan vafot etganlar soni esa 910 nafarni tashkil etadi.

Dunyo mutaxassislari bu ofatni to‘xtatishning yagona yo‘li — vaksina olish ekanini bot-bot takrorlashmoqda.

O‘zbekistonga bir necha turdagi vaksinalar keltirilgan bo‘lib, aholini ommaviy emlash jarayonlari davom etmoqda. Shu paytgacha 8,6 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanib, 1 million 279 ming nafar kishi to‘liq emlangan. Ammo bu ommaviy immunitet hosil qilish uchun yetarli ko‘rsatkichlar emas. Hali yana bir necha millionlab aholi emlanishi zarur.

Quvonarlisi, aksariyat idora va tashkilotlar, korxonalar o‘z xodimlarini ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Jumladan, MJ Developers kompaniyasi o‘z xodimlari haqida qayg‘urib, qariyb ikki hafta davomida barcha xodimlarini «Sputnik» hamda Moderna vaksinasi bilan emladi.

Vaksina olish jarayonida kompaniyaning ayrim xodimlarini suhbatga tortib, ularning fikrlari bilan qiziqdik.

Simma Jadav:

— Bugun butun dunyo aholisini tashvishga solayotgan kovid kasalligidan barcha xavotirda. Vaksinalashtirish jarayoni boshlanganidan xabarimiz bor, uni qayerda olish haqida xodimlarni tashvishga soladigan vaziyat kelib chiqishiga kompaniyamiz yo‘l qo‘ymadi. Barchasini o‘zi tashkillashtirib berdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz, nazarimda hamma vaksina olishi va o‘zi hamda boshqalar sog‘lig‘iga be’etibor bo‘lmasligi kerak.

Shoxid To‘laganov:

— Qariyb 2 yildan buyon ushbu kompaniyada faoliyat olib boraman. Kompaniya xodimlariga nisbatan juda e’tiborli deb hisoblayman. Bugungi kunda dunyoni larzaga keltirayotgan koronavirus va uning har xil shtammlarini oldini olishda asosiy yechim — emlanishdir. Kompaniyamizdan bizni vaksinatsiya qilish uchun sharoit qilib berishgani uchun minnatdorman.

Eslatib o‘tamiz, MJ Developers kompaniyasi «shahar ichida shahar» yirik loyihalarini joriy qilmoqda. Bu loyihalar O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring