Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda bir kishidan 48 nafar shaxsga koronavirus yuqdi

Namanganda bir kishidan 48 nafar shaxsga koronavirus yuqdi

Illyustrativ foto

Namangan viloyatida koronavirusga chalingan 51 nafar fuqarodan 48 nafari 12-mart kuni Turkiya orqali umra safaridan kelgan 51 yoshli ayol bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo‘lgan fuqarolardir, deyiladi Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya davlatidan, Saudiya Arabistonidan Umra Hajini amalga oshirib kelgan ayolning oila a’zolarida koronavirus alomatlari aniqlangandi. O‘sha ayolning onasi esa vafot etgandi.

Umra safaridan 12 mart kuni qaytib kelgan ayol uyida uni yo‘qlab kelgan 231 nafar kishi bilan muloqotda bo‘lgan. Dastlab, o‘sha oilaning besh nafar a’zosi, shu jumladan, ayolning o‘zi ham, koronavirusga chalingan. Boshqa qarindoshlar ham karantinga olingan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ayol bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo‘lgan 48 kishida infeksiya aniqlangan.

«Bu holatda eng achinarlisi, qarindoshlarning birontasi 72 yashar onaxonning dafn marosimida ishtirok eta olmadi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etishdi»,degandi Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring