Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-Yorkka 1000 koykali shifoxona suzib keldi

Nyu-Yorkka 1000 koykali shifoxona suzib keldi

Foto: «Theworldnews.net»

Manxettenning 90-pirsiga Gudzon tarafdan 1000 koykaga mo‘ljallangan gospital-kema suzib keldi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Uzunligi uchta futbol maydoniga teng keladigan «Comfort» kemasi 12 ta operatsiya xonasi, intensiv terapiya uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, 1000 ta koykani joylashtirish mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, kemaga koronavirusni yuqtirmagan bemorlar joylashtirilib, shu yo‘l bilan Nyu-York shtatida shifoxonalardagi bemorlar sonini kamaytirishga erishmoqchi.

Nyu-York ayni vaqtda AQShda epidemiya markazi hisoblanadi. Hukumat shoshilinch ravishda epidemiya cho‘qqisiga hozirlik ko‘rmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 3 haftadan keyin boshlanadi.

Nyu-York shtatida qo‘shimcha gospitallar barpo etish uchun muhandislik qo‘shini jalb etilgan. Negaki hukumat shifoxonalar bemorlar oqimini eplayolmay qolishidan xavotirlanmoqda. Jeykob Javits ekspomarkazi ham davolash markazlaridan biriga aylanadi. Uni harbiylar gospital sifatida jihozlashmoqda. U bugun ochilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring