Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir ahvoldagi bolalar IIBB aralashuvisiz shifoxonaga yotqizilmadi

Og‘ir ahvoldagi bolalar IIBB aralashuvisiz shifoxonaga yotqizilmadi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2020-yilning 23-iyul kuni ishonch telefoni orqali Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga Chilonzor tumani oilaviy poliklinikalaridan birida ishlovchi shifokor Zulxumor I. murojaat qilgan.

Shifokorning ma’lum qilishicha, uning patronajida bo‘lgan «1-Charx Kamolon» mahallasida yashovchi oilaning barcha a’zolari koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bo‘lib, uy karantinida davolanayotgan bo‘lgan.

Afsuski, ambulator davolanish natija bermagan va 1 hamda 3 yoshli ikki nafar bola og‘ir ahvolda bo‘lishiga qaramasdan, ularni shifoxonaga joylashtirishning iloji bo‘lmagan. Ularning salomatligidan xavotirda bo‘lgan shifokor ayol IIBBdan yordam so‘ragan.   

«Shu kunning o‘zida mazkur murojaat bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB rahbariyati oilaviy poliklinikada bo‘lib, holatni o‘rganishdi va tuman tibbiyot birlashmasi bilan bog‘lanishdi. Tez orada tez tibbiy yordam avtomobili uch nafar voyaga yetmagan bolalar va ularning onasini statsionar davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yetkazishdi», — deyiladi poytaxt IIBB matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring