Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksford professori koronavirusga qarshi vaksina sentyabrda tayyor bo‘lishiga ishonchi qat’iy

Oksford professori koronavirusga qarshi vaksina sentyabrda tayyor bo‘lishiga ishonchi qat’iy

Foto: «Yandex.com»

COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina joriy yil sentyabrda Buyuk Britaniyada tayyor bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi Oksford universiteti vaksinologiya professori Sara Gilbert «Times» gazetasiga bergan intervyusida. U koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarayotgan tadqiqot guruhi rahbari hisoblanadi.

Gilbertning so‘zlariga ko‘ra, «hammasi binoyidek kechsa», sentyabrda vaksina tayyor bo‘ladi.

«Vaksinaning boshqa tiplarida muvaffaqiyat qozonganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, vaksina natija berishi ehtimoli katta deb o‘ylayman. Bu shunchaki ichki sezgi emas, o‘tayotgan har hafta yangidan-yangi ma’lumotlarni qo‘lga  kirityapmiz. Shaxsan o‘zim bu muvaffaqiyatni 80% deb baholagan bo‘lardim», — deydi Gilbert.

Vaksinaning klinik sinovlari yaqin ikki haftada boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring