Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar COVID-19 buyrakni tez qaritishini aniqlashdi

Olimlar COVID-19 buyrakni tez qaritishini aniqlashdi

Foto: MSZ

Olimlar koronavirus infeksiyasini yuqtirgan insonlarning tana a’zolari o‘nlab yoshgacha «qarishi» mumkinligidan ogohlantirishdi, deb yozmoqda «The New York Times».

O‘tkazilgan tadqiqotda koronavirusni yuqtirib omon qolgan 89 ming kishi hamda bu virusga hali yo‘liqmagan 1,6 million kishi qatnashgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, 30-40 yoshlardagi sog‘lom odamlarda buyrak funksiyasini yo‘qotish yiliga 1 foizni tashkil etadi. Og‘ir infeksiyalar esa ushbu a’zoga kuchliroq, hatto tiklab bo‘lmas shikast yetkazishi yoki surunkali xastaliklarga olib kelishi mumkin.

«Yangi tadqiqotlar koronavirusni boshdan o‘tkazib omon qolgan 4757 nafar kishida buyraklar funksiyasi yo‘qotilishi yiliga 30 foizni tashkil etishini ko‘rsatdi. Bu ushbu a’zoning 30 yilga qarishiga barobar», — dedi mazkur tadqiqot mualliflaridan biri Ziyod al-Ali.

Olimlar aniqlik kiritishlaricha, kuzatuvdagi bemorlar o‘rtacha 68 yoshli oq tanli erkaklar bo‘lgan.

COVID-19 nega aynan buyraklarga ko‘proq shikast yetkazadi — shifokorlarga bunisi qorong‘u. Taxmin qilishlaricha, bu a’zo organizmdagi turli yallig‘lanish jarayonlariga yoki bo‘lmasa immun tizimi faollashuviga o‘ta sezuvchan. Bundan tashqari, qonning ivuvchanligidagi muammolar ham buyraklar funksiyasini buzishi mumkin, deya xulosa yasashdi mutaxassislar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring