Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazorlik yana bir ayol koronavirus qurboniga aylandi

Olmazorlik yana bir ayol koronavirus qurboniga aylandi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan yana bir bemor vafot etdi va jami qurbonlar soni 60tani tashkil qilmoqda.

Olmazor tumanida yashovchi 65 yoshli M.X.da (ayol) so‘nggi ikki haftada tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, yo‘tal kuzatilib, uyida davolangan. Tana harorati tushmagach, «COVID-19» infeksiyasiga namuna topshirgan.

Bemor Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.  

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun yana bir Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli bemor vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring