Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oloy» bozori avtoturargohida test topshirish punkti tashkil qilinmoqda

«Oloy» bozori avtoturargohida test topshirish punkti tashkil qilinmoqda

Foto: Yunusobod tuman hokimligi matbuot xizmati

Toshkentning Yunusobod tuman «Oloy» bozori avtoturargoh hududida aholidan koronavirusga test olish va inson salomatligi hamda immunitetini tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hududda aholidan COVID-19ga test olish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Bunday markazlar Yunusobod tumanining boshqa hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring