Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning ikki vaksinasi JSST nomzod-vaksinalari ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekistonning ikki vaksinasi JSST nomzod-vaksinalari ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina – Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining koronavirus S oqsili asosidagi rekombinant vaksinasi hamda Fanlar akademiyasining NTD, RBD va HR1-HR2 vaksinasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o‘tmoqda.

JSSTning ma’lumotlar bazasi COVID-19 vaksinasiga qarshi vaksina-nomzodlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni yig‘ib boradi. Mazkur baza muntazam ravishda – haftasiga ikki marta yangilanadi. Unda COVID-19ga qarshi nomzod-vaksinalarning klinik va klinik oldi jadvali keltirilgan bo‘lib, nomzod-vaksinalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir vaksinaning 1-faza, 2-faza va 3-faza sinovlari kuzatiladi.

Vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ilmiy maqolalarga havolalar beriladi. Shuningdek, bu baza har bir nomzod-vaksinaning asosiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring