Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston vaksina sotib olishda 13ta kompaniya bilan muzokara olib bormoqda

O‘zbekiston vaksina sotib olishda 13ta kompaniya bilan muzokara olib bormoqda

O‘zbekiston aholini ommaviy emlash maqsadida dunyoning 13 ta farmatsevtika kompaniyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan  muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 2021-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan parlament eshituvida ma’lum qilindi.

Jumladan, amalga oshirilgan hamkorlik natijalaridan kelib chiqib, Xitoyning «Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd» kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning «ZF 2001» vaksinasini birga yaratgan hammuallif davlat sifatida belgilangani hamda ushbu yangi vaksinani «ZF-UZ-VAC 2001» nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va undan foydalanish kelishilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston GAVI (Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans) tashkiloti COVAX (koronavirusga qarshi emlash mexanizmi) fondiga a’zo davlatlar qatoriga kiradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan COVAX fondi hisobidan mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha yetarli miqdorda vaksina yetkazib berish yuzasidan buyurtma tayyorlanib, GAVI tashkilotiga taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring