Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bir kunda 100dan ortiq kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda bir kunda 100dan ortiq kishi koronavirusga chalindi

Foto: Xabar.uz

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi.

Kecha tunda koronavirus aniqlanganlar soni 342 nafarga yetgani xabar qilingandi. 6-aprel tungi soat 23:35da berilgan e’longa ko‘ra esa O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 457 nafarni tashkil etmoqda. Bir kunlik o‘sish – 115!

Bunga qadar eng yuqori kunlik o‘sish 5 aprel kuni qayd etilgan edi – 76 nafar.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bo‘yicha batafsil ma’lumot bergandi.

«Eng yomoni — to‘rt nafar bemorimiz kim bilan uchrashganini sir saqlagan. Faqatgina ular bilan muloqotda bo‘lganlarda isitma chiqqandan keyin biz buni bilyapmiz», deya ta’kidlagandi vazir.

U, shuningdek, bemorlar orasida kasallik aniqlangandan so‘ng ham shifokorlarga quloq solmasdan, o‘z bilganini qilib yurganlar uchrab turiganini afsus bilan qayd etadi.

Vazirning xulosasi shunday: Qachonki intizom bo‘lsa, barcha tartib-qoidaga bo‘ysunib, ikki hafta uyimizda o‘tirsak, hammasi o‘tib ketadi. Shunda birinchi navbatda oila a’zolarimizni saqlab qolgan bo‘lamiz...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring