Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan Afg‘oniston fuqarosi vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan Afg‘oniston  fuqarosi vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan Afg‘oniston davlati fuqarosi vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Afg‘oniston davlati fuqarosi 40 yoshli M.H. (erkak)ni 2-3 kun davomida yo‘tal va tana harorati ko‘tarilishi bezovta qilgan.

21 iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga «COVID-19», ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifoxonada bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring