Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda mingdan ziyod bemor og‘ir ahvolda

O‘zbekistonda mingdan ziyod bemor og‘ir ahvolda

Shu yilning 3-avgust kuni mamlakatimizda 748 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun poytaxtimiz va Toshkent viloyatida 2 nafardan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Navoiy hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 755 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 26 301 nafar bemordan 17 262 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring