Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» koronavirusning oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi

«O‘zbekneftgaz» koronavirusning oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi barcha korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 19 martdagi PF–5969-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tizimidagi ob’yektlarda «COVID-19» koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi» ishlab chiqilib, ushbu tadbirlar rejasiga asosan ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Boshqarma va korxonalarning ma’muriy binolarida pandemiya davrida 39 600 marta dezinfeksiya ishlari olib borilib, ishchi xodimlarga 48 700 ta antiseptik vositalar, 395 600 ta tibbiy niqoblar, 80 200 ta xo‘jalik sovuni, 187 ta tana xaroratini masofadan ulchash teplovizorlari bilan ta’minlandi.

Korxona va boshqarmalarda har bir ob’yekt dezinfeksiyalash moslamasi bilan ta’minlanib, , barcha turdagi transport vositalarini, ob’yektlar binolarining barcha xonalari bir kunda ikki marta dezinfeksiya qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Korxona va boshqarmalarda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida, asosiy qoidalarga qat’iy rioya etilishi belgilab qo‘yildi.


«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring