Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentlar mintaqadagi epidemiologik vaziyat haqida fikr almashishdi

Prezidentlar mintaqadagi epidemiologik vaziyat haqida fikr almashishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Koronavirusga qarshi samarali kurashish maqsadida muvofiqlashgan choralarni ishlab chiqish, o‘zaro ko‘maklashish, tegishli tibbiyot va boshqa aloqador xizmatlar o‘rtasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Pandemiyaning ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’atiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun oldindan chora ko‘rish lozimligi alohida ta’kidlandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya va transport-kommunikatsiya sohalari, shuningdek, hududlararo hamkorlik, shu jumladan poytaxt shaharlar Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi almashinuvlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi.

Suhbatda O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik ayrim dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring