Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor koronavirusning ikkinchi to‘lqini qanday kechishi haqida so‘zlab berdi

Professor koronavirusning ikkinchi to‘lqini qanday kechishi haqida so‘zlab berdi

Foto: «Vladtime.ru»

Pandemiya tugagandan so‘ng koronavirusning yuzaga chiqish tabiati grippning mavsumiy xarakteriga o‘xshab qoladi, deb hisoblaydi tibbiyot fanlari doktori, professor Viktor Zuyev. Bu haqda u «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Professorning ta’kidlashicha, COVID-19 pnevmoniyasini chaqiruvchi virus gripp singari pnevmotrop hisoblanadi. Shu bois koronavirusning yangi to‘lqini mavsumiy gripp epidemiyasi alomatlariga ega bo‘ladi.

«Biz grippning yiliga ikki marta: erta bahorda va kech kuzda kelishini shunchaki unutib qo‘yganmiz. Kech kuzda kasallik yana avj oladi. Bu safar faqat gripp emas, koronavirus ham qo‘shiladi», — dedi Zuyev. Shunga qaramay, iyul, avgust va sentyabrda «grippni unutganimiz kabi koronavirusni ham esimizdan chiqaramiz».

Uning ta’kidlashicha, koronavirus o‘ta patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) emas, lekin nihoyatda yuqumli bo‘lib chiqdi. «Pandemiya tugagandan so‘ng uning yuqumliligi ancha kamayadi, so‘ngra u yiliga ikki marta — bahorning boshida va kuzda zo‘rayib turadi, — deya taxmin qildi Zuyev. — Ya’ni ikkinchi to‘lqin taxminan oktyabrlarda boshlanadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring