Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda vaziyat jiddiy. Hukumat karantin choralarini kuchaytirishga majbur bo‘ldi

Qozog‘istonda vaziyat jiddiy. Hukumat karantin choralarini kuchaytirishga majbur bo‘ldi

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli 5-iyuldan 14-kunlik karantin cheklov choralari joriy etiladi.

Ikki hafta davomida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi va odamlarning harakatlanishi cheklanadi. Xususan, uch nafardan ortiq odam birgalikda ko‘cha va xiyobonlarda yurishi mumkin emas, yoshi 65dan oshganlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

Go‘zallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator ob’yektlar faoliyati to‘xtatiladi.

Davlat organlari, idoralar, kompaniya va tashkilotlarda ijtimoiy masofa saqlanishi talab qilinadi.

Tibbiyot markazlari, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlari va ochiq bozorlar ishlashda davom etadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 45719 nafarga yetgan. Shundan faqat 15404 nafari sog‘aygan. 188 kishi esa COVID-19 qurboni bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring