Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ular ham «quruq qo‘l» bilan qolmaydigan bo‘ldi

Ular ham «quruq qo‘l» bilan qolmaydigan bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga (PF-6038-son, 30.07.2020-y) asosan, respublika budjetidan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Hukumatning tegishli qaroriga (№458, 30.07.2020-y)  ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash uchun jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari beriladi:

  • vrach xodimlarga - 5 mln so‘m;
  • o‘rta tibbiyot xodimlariga (feldsher va sanitarlar) - 4 mln so‘m;
  • haydovchilarga - 3 mln so‘m.

Ushbu to‘lovlar 1-iyungacha ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Eslatib o‘timiz, avvalroq «Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (446-son, 20.07.2020-y.) qabul qilinib, tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantirilishi belgilangan edi.

Shu vaqtga qadar tez tibbiy yordam vakillarining mukofot pullari to‘lanmayotganidan shikoyat qilishi holatlari bo‘lib turgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring