Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada ahvol og‘irlashmoqda

Rossiyada ahvol og‘irlashmoqda

Pandemiya boshlanganidan beri Rossiyada KOVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olganlar umumiy soni 2 milliondan oshdi, deb xabar berilmoqda Federal tezkor shtab ma’lumotlarida. Rbc.ru yozishicha, so‘nggi kun davomida mamlakatda 23610ta yangi infeksiya holatlari aniqlandi. Natijada umumiy holatlar soni 2015608ga ko‘paydi.

Rossiyada ketma-ket sakkiz kun davomida 20 mingdan ortiq KOVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab KOVID-19 infeksiyasiga chalinganlar umumiy soni 56,25 milliondan oshgan. Shu bilan birga, Rossiya eng ko‘p holatlar aniqlangan besh mamlakat qatoriga kiradi. Bu reytingda undan yuqorida faqat:

  • AQSh –11,5 mln.dan ortiq;
  • Hindiston –8,95 mln. atrofida;
  • Braziliya – 5,95 mln;
  • Fransiya – 2,1 mln.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring