Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shanba-yakshanba — to‘liq karantin, uyda qoling!

Shanba-yakshanba — to‘liq karantin, uyda qoling!

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda 8-9-avgust kunlari (shanba va yakshanba) avtotransport vositalari harakati butun sutka davomida cheklanadi. Bu haqda «Koronavirus Info» telegram-kanali yozmoqda.

Dam olish kunlari aholidan «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya etgan holda uyda qolish so‘ralgan. Tashkilotlar esa xodimlarni ishga jalb etmasliklari maqsadga muvofiq.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 15-avgustgacha bo‘lgan muddatda shanba va yakshanba kunlari faqat quyidagi ikki toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat berilgan:

  • maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar
  • maxsus ruxsatnomasiz yurish huquqiga ega avtomashinalar.

Kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanish uchun stiker talab etilmaydi.

Shanba va yakshanba kunlari oziq-ovqat do‘konlari faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring