Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatidagi keskin epidemiologik vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatidagi keskin epidemiologik vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda.

Kun tartibida - Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat.  

Yig‘ilishga sabab – keyingi paytda ushbu hududlarda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini va o‘lim holatlarining ko‘payishi, shuningdek, aholi tomonidan tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifati hamda dorixonalarda tibbiyot mahsulotlari narxining asossiz oshayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaat va shikoyatlar tushayotgani.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring