Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «Ertadan boshlab o‘qituvchilar ham ta’tilga chiqadi»

Sherzod Shermatov: «Ertadan boshlab o‘qituvchilar ham ta’tilga chiqadi»

Foto: AOKA

Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlari ishtirokida «O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida tadbir o‘tkazilmoqda.

Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab o‘quvchilarining ta’tilga chiqarilganiyu, ammo o‘qituvchilarning ishga chiqayotgani masalasiga oydinlik kiritdi.

«Ertadan, ya’ni 18-martdan boshlab maktablardagi barcha o‘qituvchilar haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi. Ularga o‘zlarining metodik yuklamalarini onlayn bajarishga ruxsat beriladi. Faqat maktab direktori, direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiri, psixolog, farrosh va qorovul maktabda bo‘lishadi. Chunki ularning bajarishi kerak bo‘lgan vazifalari bor» — dedi vazir.

Shuningdek, Sherzod Shermatov ta’tildagi vaqtida maktab o‘quvchilarning o‘z uyida ham xavfsizligini ta’minlash kerakligini alohida qayd etdi.

«Ota-onalarga murojaat qilib qolaman. «Ta’til ekan, endi ammangni ko‘rishga boramiz, xolangni ko‘rishga boramiz», degan holatlargayam guvoh bo‘lyapmiz. Bolalarni gavjum joylarga olib borishdan tiyilaylik. Bu, birinchi navbatda, bolalarning sog‘lig‘i uchun muhim» — dedi Xalq ta’limi vaziri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring